FiberNet tarmog'iga ulanish uchun sizda tarmoq kartasi/adapteri (yoki Ethernet, TCP/IP orqali tarmoqda ishlaydigan RJ-45 interfeysi bilan jixozlangan boshqa uskuna), xohish va bir soat bo'sh vaqtingiz bo'lishi kerak.
Ulanish tartibi quyidagicha:
- Siz bizga FiberNet tarmog'iga ulanish istagingiz haqida +998 71 200-47-47 telefon orqali xabar berasiz yoki veb-saytda so'rovnomani to’ldirib qoldirasiz, biz esa sizning xonadoningizda ulanishning texnik imkoniyatlarini aniqlab o’rganib chiqamiz.
- Agar ulanishning imkoni bo'lsa, biz siz bilan ulanish sanasi va vaqtini aniqlab olamiz.
- Siz shartnoma matnini diqqat bilan o'qib chiqib unga imzo qo'yasiz, tarifni tanlaysiz va tanlangan tarif rejasi uchun oldindan to'lovni amalga oshirasiz.
- Kelishilgan vaqtda bizning xodimlarimiz sizning xonadoningizni tarmoqqa ulashadi, kompyuterda tarmoq ulanishini sozlab (agar kerak bo'lsa), xizmatlarni faollashganini namoyish etadilar.
- Xizmatlardan foydalanib, tarmoq uzluksiz ishlashi uchun Shaxsiy hisobingizni o'z vaqtida to'ldirishni unutmang.
Agar uskunalarimiz sizning manzilingizda hali o'rnatilmagan bo'lsa, bizga yuqorida ko'rsatilgan so’rovnomani to'ldirib, tarmoqqa ulanish istagingiz haqida xabar bering. Tarmoqning yanada kengayishini hisobga olgan holda, biz maxalladagi potentsial foydalanuvchilar sonini hisobga olamiz va tarmoqni qurish va uylarni ulash ketma-ketligi to'g'risida qaror qabul qilamiz.