Iltimos, tezlikni tekshirish natijasi TAS-IX va Internet bilan aloqada bo’lgan barcha dasturlarning ishi to’xtatilgan taqdirdagina haqiqatga yaqin bo’lishini yodda tuting.
TAS-IX tarmog’idan yoki Internetdan ma’lumotlarni olish va uzatish tezligi quyidagi omillarga bog’liq bo’lishi mumkin:
- Foydalanayotgan tarif rejasi;Siz ulangan tarif shartlariga ko’ra, Internetga kirishning maksimal tezligi sekundiga kilobaytlar bilan ko’rsatilgan (256 kbit/s, 512 kbit/s, 1024 kbit/s va hk). Tekshiruv natijalari sekundiga megabaytda bo’ladi. Masalan, agar tarif rejasida Internet tezligi 512 kbit/s ni ko’rsatsa, unda tekshiruv natijasi 0,5 mbit/s ga yaqin bo’lishi kerak.
- Har xil turdagi viruslar va shunga o'xshash dasturlar, shuningdek trafikni filtrlaydigan dasturlarning mavjudligi;Abonentning kompyuteridagi yuqori virusli faolligi nafaqat har xil texnik muammolarga olib kelishi, balki Internetga kirish tezligini ham sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin, chunki bu abonentning soxta va nazoratsiz trafigini keltirib chiqaradi. Bu uning abonent tomonidan hisobga olinmagan sarflarni keltirib chiqarishiga olib keladi. Ba’zi viruslar foydalanuvchi kanallarini 99% ga ruxsatsiz pochta – spamlarni yuborish uchun «yuklaydi». Iltimos, antivirus dasturlarini o’z vaqtida o’rnating va vaqti-vaqti bilan yangilab turing, kompyuteringizni viruslarga tekshiring.
Turli xil dasturlar ham Internet ma’lumot almashish tezligini pasaytirishga olib keladi – turli dasturlarning va operatsion tizimning avtomatik yangilanishi va litsenziyalangan dasturiy ta’minotning «mayoqlari». Ushbu dastur, standart sozlamalardan foydalanib, foydalanuvchining xabarisiz ba’zi serverlarga ulanishi va xizmat ma’lumotlarini qabul qilishi / uzatishi mumkin, bu esa ulanishning umumiy tezligini pasaytiradi. Bunday hollarda biz foydalanuvchilarga o’rnatilgan barcha dasturlarga diqqat bilan qarashni, har birini qo’lda sozlashni va ularni avtomatik yangilash tartib-qoidalariga alohida e’tibor berishni maslahat beramiz.
Fayervollarning, antiviruslarning mavjudligi hozirda Internetga ulangan har qanday kompyuterdan talab qilinadi. Shuni yodda tutish kerakki, ushbu dasturlarning vazifasi kompyuterga, shu jumladan Internetga kiradigan va keladigan barcha ma’lumotlarning hajmini tekshirishdan iborat. Buning uchun ularga ma’lum vaqt kerak bo’ladi, bu esa ma’lumot almashishni sekinlashtiradi. Ammo bu holda, qo’shimcha xarajatlar oqlanadi. Hozirgi vaqtda piring tarmoqlar (DC ++, Torrent va boshqalar) bilan ishlaydigan ommabop dasturlar malakasiz sozlamalar tufayli nafaqat ma’lumot almashish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi, balki kompyuterning umumiy ishiga ham ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, agar foydalanuvchi bunday tarmoqlarda ishlayotgan bo’lsa, u tegishli dasturlarning konfiguratsiyasiga diqqat bilan yondashishi va Internetdagi ishining umumiy tezligini baholashda ularning tarmoq faolligini hisobga olishi kerak.
- Operatsion tizim sozlamalari va uskunaning to'g'ri ishlashi;Protsessorning tezligi, o’rnatilgan RAM xajmi, qattiq diskdagi bo’sh joy ham ma’lumotni olish va yuborish tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Windows o’rnatilgan tizim diskining holatini doimiy ravishda kuzatib boring, uni to’lib ketishiga yo’l qo’ymang.
- Tarmoq kartasi drayverini sozlash;Hozirgi vaqtda barcha tarmoq kartalari asosan avtomatik ravishda sozlanadi, bu ko’p hollarda ularning konfiguratsiyasiga qo’l aralashuvi talab qilinmaydi degani. Ammo ba’zi hollarda, tarmoq kartasi drayverining oddiy sozlamasi uning ish faoliyatini biroz oshirishi mumkin. Shuni takidlab o’tish kerakki, number of TX descriptors (qabul qiluvchi buferlar soni) va number of RX deskriptors (uzatuvchi buferlar soni) kabi parametrlarning maksimal qiymati, ayniqsa katta hajmdagi ma’lumot almashishda tarmoq kartasining ishlashiga ta’sir qiladi.
- Simsiz ulanishdan foydalanish (Wi-Fi);Ulanish Wi-Fi orqali amalga oshirilganda, tezlik maksimal darajaga yetishi uchun uning eng so’nggi standartlaridan foydalanish kerak – masalan, 802.11ac, ulanish nuqtasiga, iloji boricha, yaqinroq joylashing va imkon qadar uni ko’rish doirasiga joylashtiring. Agar yaqin atrofda boshqa Wi-Fi zonalari bo’lsa, siz o’zingizning ulanish nuqtangizni boshqa uzatish kanaliga sozlashingiz kerak. Wi-Fi uskunasining to’g’ri sozlanishi ma’lumot almashish tezligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
- «So'ngi mil» sifatlari;«So’ngi mil» atamasi provayderning ulanish portidan mijozning portiga (tarmoq kartasiga) o’tish qismini anglatadi. Agar foydalanuvchida istak va ayrim ko’nikmalar bo’lsa, kabelni vizual tekshirish yo’li bilan «burilishlar», qayrilishlar va kabelning tashqi qobig’ida shkastlanishlarni tekshirib mavjud ulanish sifatini mustaqil ravishda nazorat qilish mumkin.
- Shaxsiy hisob holati;Shuni yodda tutingki, TAS-IX trafik almashish punktiga maksimal kirish tezligi faqat ijobiy depozit bo’lgan taqdirda kafolatlanadi. Salbiy balans bilan TAS-IX tarmog’iga kirish tezligi pasayishi mumkin.
- Ma'muriyat tomonidan ayrim manbalarga qo'yilgan cheklovlar;TAS-IX tarmog’iga kiritilgan provayderlarning magistral tarmoqlariga og’ir yuk tushganda, ayrim resurslarning ma’muriyati resurs tarkibiga kirish tezligini cheklab qo’yishi mumkin.